Putin Shimoliy Koreyadan keyin Vyetnamga uchib keldi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vyetnamga tashrif bilan keldi. Uning samolyoti 20-iyunga o‘tar kechasi Xanoyga qo‘ndi, deb yozadi Meduza.
Tashrif chog‘ida Putin Vyetnam Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi bosh kotibi Nguyen Fu Chong, prezident To Lam, bosh vazir Fam Min Tin va parlament raisi Chan Txan Man bilan uchrashadi.
Tashrif doirasida qo‘shma bayonot qabul qilish, shuningdek, turli sohalardagi hamkorlik to‘g‘risida 20 ga yaqin hujjat imzolash rejalashtirilmoqda.
Tashrif ikki kun davom etadi.
Putin Vyetnamga KXDRdan uchib keldi, u yerda bir kunlik tashrif bilan borgan edi.
KXDR va Vyetnam Putin may boshida bo‘lib o‘tgan inauguratsiyadan keyin tashrif buyurayotgan to‘rtinchi va beshinchi mamlakatga aylandi. Bungacha Rossiya prezidenti Xitoy, Belarus va O‘zbekistonga borgandi.
Sharhlar