Putinning aytishicha, Ukraina qurolli kuchlari Kursk atom elektr stansiyasiga hujum qilishga uringan
Putinning aytishicha, Ukraina qurolli kuchlari Kursk atom elektr stansiyasiga hujum qilishga uringan. Bu haqda u chegara hududlaridagi “vaziyat bo‘yicha” yig‘ilishda aytdi.
“Dushman bugun tunda [Kursk] AESga zarba berishga urindi. Bu haqida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikka ma’lum qilingan, ular kelib, vaziyatni baholash uchun mutaxassislar yuborishga va’da berishgan. Umid qilamanki, oxir-oqibat bu ular tomonidan amalga oshiriladi”, — dedi Putin.
Kursk atom elektr stansiyasi va Rosatom vakillari atom elektr stansiyasiga hujum qilishga urinish haqidagi xabarlarga izoh bermadi.
Ulashish:
Sharhlar