Oltoyda Putinning dala-hovlisi yonib ketdi (foto)
Rossiya tarkibiga kiruvchi Oltoy Respublikasining Ongudayskiy tumanida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning norasmiy dala-hovlisi deb ataluvchi qarorgoh binosida yong‘in yuz berdi, deb yozadi Meduza.
Yonayotgan bino suratlarini bloger Amir Aytashev va aktivist Aruna Arna e’lon qildi. “Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2015-yilda Italiya bosh vaziri Berluskonini qabul qilgan qarorgoh binolaridan biri yonmoqda”, — deb yozdi Aytashev.
Gap “Oltoy qo‘rg‘oni” qarorgohi haqida borayotgani ma’lum qilindi. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, u “Gazprom”ga qarashli bo‘lib, majmua qurilishi 2009-yilda boshlangan. Biroq ko‘p o‘tmay, OAVlar ushbu qarorgohni “Putinning qo‘rg‘oni” deb atay boshladi. Putinning majmuaga aloqasi borligi haqida mahalliy muxolifatchilar ham bir necha marta aytib o‘tgan.
Sharhlar