Vashington va London Ukrainaning Rossiyaga zarbalari bo‘yicha qarorni keyinga qoldirdi
Vashingtonda AQSH prezidenti Jo Bayden va Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb yozadi “Kommersant”. Avvalroq Davlat departamenti muzokaralar mavzularidan biri Ukraina uchun Rossiya ichkarisiga G‘arbning uzoq masofali quroli bilan zarbalar berishga qo‘yilgan cheklovni olib tashlash bo‘lishini ma’lum qilgandi. Biroq uchrashuv yakunlari bo‘yicha bayonotda bu haqda hech narsa deyilmadi.
Oq uy xabariga ko‘ra, Bayden va Starmer Ukrainani qo‘llab-quvvatlashini, Isroil xavfsizligiga sodiqligini bildirgan va G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish haqida zudlik bilan bitim imzolash zarurligini ma’lum qilgan. AQSH prezidenti va Britaniya bosh vaziri fikricha, Isroil o‘z aholisini himoya qilish uchun ko‘proq harakat qilishi kerak. Tomonlar, shuningdek, Qizil dengizda xusiylar tomonidan bo‘layotgan hujumlarni qoraladi, AUKUS doirasida hamkorlikni va ikki mamlakat o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash uchun imkoniyatlarni muhokama qildi.
Avvalroq AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Ukraina uchun uzoq masofali quroldan foydalanishga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish Bayden va Starmer o‘rtasidagi muzokaralarda muhokama qilinishini aytgandi. Ammo Britaniya bosh vaziri tomonlar muni muhokama qilmoqchiligini rad etgandi. Britaniyadagilar fikricha, bu qarorni yaqin kunlarda kutish kerak emas, ammo BMT Bosh assambleyasining 22—23-sentabr kungi sessiyasida u haqda e’lon qilinishi mumkin.
Sharhlar