Zelenskiy: G‘arbdagi ittifoqdoshlarning Ukrainaga harbiy ko‘mak haqidagi qarorlari bir yilga kechikib qabul qilinmoqda
G‘arblik ittifoqdoshlar Ukrainaga harbiy ko‘mak haqidagi qarorlarni juda uzoq qabul qilmoqda, dedi mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy Reuters’ga bergan intervyusida.
“Dastlab o‘zimiz, so‘ng (sheriklarimiz bilan) birgalikda qilayotgan qarorlarimizning har biri taxminan bir yilga kechikmoqda”, — dedi Ukraina prezidenti.
Harbiy ko‘mak, xususan, Patriot tizimlari kabi havo hujumiga qarshi mudofaa vositalarining yetkazib berilishini Zelenskiy “oldinga qo‘yilgan bitta katta qadam”, deb atadi “lekin undan avval orqaga ikki marta qadam tashlanadi”. Uning ta’kidlashicha, agar Ukraina Patriot’ni ertaroq qo‘lga kiritganida, Rossiyaning energetika va infratuzilma obyektlariga ko‘plab hujumlari oldini olgan bo‘lardi.
Ukraina yetakchisi fikricha, ittifoqdoshlar Ukraina hududlari osmonida Rossiya raketalarini urib tushirish orqali unga yordam berishi mumkin bo‘lardi.
Zelenskiy Ukraina G‘arb qurolidan hech qachon Rossiya hududlariga zarbalar berishda foydalanmaganini aytdi, chunki ittifoqchilar bunga qarshi chiqmoqda.
Rossiyaning Xarkov viloyatiga hujumini izohlar ekan, Ukraina prezidenti hozirda vaziyat nazorat ostiga olinganini, ammo bir hafta avval “qiyinroq bo‘lgani”ni ta’kidladi.
Sharhlar