Qashqadaryo viloyatida to‘rt avtomobil ishtirokida YTH yuz berdi: jabrlangan kishi bor

Фото: Кадр из видео

Qashqadaryo viloyatida yuk mashinasidan ajralgan tirkama uchta avtomobilga borib urilgan, deya xabar beradi viloyat YHXB matbuot xizmati.

Boshqarma ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa 15-sentyabr kuni soat 13:20 atrofida M-39 “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 83-kilometrida Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida sodir bo‘lgan. “KAMAZ” yuk mashinasining tirkamasi ajralib, boshqa “KAMAZ”, “Labo” va to‘xtab turgan “Cobalt” avtomobillariga kelib urilgan.

Hodisa oqibatida Labo haydovchisi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Huquq-tartibot idoralari tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.