Gitanas Nauseda Litva prezidenti lavozimiga qayta saylandi
Litva prezidenti saylovlarining ikkinchi bosqichida amaldagi prezident, 60 yoshli Gitanas Nauseda g‘olib bo‘ldi. Dastlabki natijalarga ko‘ra, u ovozlarning taxminan 75 foizini to‘plagan, deb yozadi DW.
Nausedaning raqibi, 49 yoshli bosh vazir Ingrida Shimonite allaqachon o‘z mag‘lubiyatini tan olgan va uni g‘alaba bilan tabriklagan.
Ikki hafta avval bo‘lib o‘tgan saylovlarning birinchi bosqichida Nauseda 44 foiz, Shimonite esa 20 foiz ovoz yig‘gan edi.
Prezidentlik poygasining asosiy mavzusi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi va uning Litva milliy xavfsizligi uchun oqibatlari bo‘ldi. Nauseda Ukrainaning Rossiya tajovuziga qarshi mudofaasida uning qat’iy tarafdori sifatida nom qozondi.
Litva prezidentining asosiy vakolatlari tashqi siyosat va xavfsizlik siyosatida aks etadi. Nauseda xuddi Shimonite kabi, Yevropada xavfsizlik sohasidagi vaziyat o‘zgargan bir paytda Litvaga besh ming nafar harbiy xizmatchidan iborat bundesver brigadasi joylashtirilishiga erishmoqchi.
Sharhlar