Qirg‘iziston maxsus xizmati hokimiyatni kuch bilan olishga urinishning oldini oldi
Qirg‘iziston maxsus xizmati hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olishga urinishni to‘xtatdi, deb xabar beradi AKIpress Davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasiga tayanib.
Qayd etilishicha, tartibsizliklar orqali mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishni rejalashtirgan buzg‘unchi guruh qo‘lga olingan.
Tergovchilarning qayd etishicha, guruh jinoyatchilik mafkurasini qo‘llab-quvvatlovchi va diniy mafkuralarni aqidaparastlik bilan qabul qiluvchi shaxslardan iborat bo‘lgan.
Olib borilgan tezkor tadbirlar davomida besh kishi qo‘lga olinib, qurol-yarog‘ va boshqa ashyolar musodara qilingan.
Ulashish:
Sharhlar