Qirg‘iziston prezidenti Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatishning iloji yo‘qligini ma’lum qildi
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning aytishicha, uning mamlakati Rossiya bilan hamkorlikdan bir qancha sabablarga ko‘ra, jumladan, iqtisodiy sabablarga ko‘ra voz kecha olmaydi. Uning qayd etishicha, Qirg‘iziston va Rossiya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 4 milliard dollardan oshadi.
Japarov Qirgʻiziston Rossiyadan neft, gaz, bugʻdoy va boshqa mahsulotlarni sotib olishini, koʻplab davlatlar bilan avtomobil va temir yoʻl aloqalari yoʻnalishlari Rossiya orqali oʻtganini taʼkidladi. Bundan tashqari, Rossiyada 1 millionga yaqin qirg‘izistonlik mehnat qiladi. Unga ko‘ra, ba’zi G‘arb davlatlari Rossiya bilan hamkorlikni to‘xtatishga chaqirmoqda, biroq Qirg‘iziston buni qila olmaydi.
Prezident, shuningdek, Yevropa Ittifoqi davlatlari sanksiyalarga qaramay, Rossiya bilan hamkorlikni davom ettirayotganiga e’tibor qaratdi va hamkorlikni to’xtatish talabini adolatsizlik deb atadi. Japarov Qirg‘iziston ko‘p vektorli tashqi siyosat olib borayotganini, turli davlatlar, jumladan, Yevropa Ittifoqi va MDH davlatlari bilan aloqalarni rivojlantirayotganini qo‘shimcha qildi.
Sharhlar