Qirg‘iziston toliblarni terrorchilar ro‘yxatidan chiqardi
Qirg‘iziston hukumati mamlakat sudi ekstremistik va terroristik deb tan olgan taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatini e’lon qildi, bu haqda “Osiyo davlatlari va Jahon inqirozi” nashri yozadi.
Qayd etilishicha, 2021-yilda Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan “Tolibon” harakati ro‘yxatda yo‘q.
Ro‘yxatda asosan “Al-Qoida” va “Islomiy davlat”, “Hizb ut-Tahrir”, “Jabhat an-Nusra”, “Ansorulloh”, “Jamoat at-Tavhid va jihod” va boshqa ko‘plab islomiy guruhlar o‘rin olgan. Shuningdek unga “Kurd xalq kongressi” ham kiritilgan.
Qirg‘iziston prokuraturasi 2023-yilda “Tolibon”ni terrorchi tashkilot deb hisoblashni to‘xtatgan, bu borada u Qozog‘iston rasmiylaridan o‘rnak olgan bo‘lishi mumkin, deb yozadi “Osiyo davlatlari va Jahon inqirozi” nashri.
Sharhlar