Qirg‘izistonda amaldorlarga ishga avtobusda borish buyurildi

Фото: Kaktus Media

Prezident ma’muriyati Bishkek meriyasining munitsipal xizmatchilarning shaxsiy avtomobillardan foydalanishini cheklash tashabbusini qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi 24.kg.

Vazirlik va idoralarga barcha xodimlarga seshanba va payshanba kunlari jamoat transportidan foydalanish tavsiya qilingan tegishli ko‘rsatma yuborildi.

Mazkur tashabbus shahardagi transport holatini yaxshilash, jamoat transportiga bo‘lgan talabni oshirish va yo‘llardagi tirbandlikni kamaytirishga qaratilgan. Bunday chora-tadbirlar jamoat transporti faoliyatidagi muammolarni aniqlashga, fuqarolarning harakatlanishi uchun qulay sharoitlar yaratishga ham xizmat qiladi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.