Qirg‘iziston migrantlarni qo‘llab-quvvatlash uchun Rossiyaning katta shaharlarida IIV vakolatxonalarini ochdi

Фото: Knews kg

Qirg‘iziston  IIV Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg va Novosibirsk kabi katta shaharlaridan o‘z vakilliklarini ochganini e’lon qildi.

Bu idoralar Rossiyada ishlayotgan qirg‘iz fuqarolarining huquqlari va manfaatlari buzilmayotganligini kuzatib borish, shuningdek, migrantlar o‘rtasida jinoyatlar va huquqbuzarliklarning oldini olish bilan shug‘ullanadi.

“Ushbu hududlarda bizning hamyurtlarimizning katta soni e’tiborga olingan holda, IIV vakillari ularning huquqlarini himoya qilishda va huquqbuzarliklarning oldini olishda yordam beradi”,  deb aytiladi vazirlik bayonotida.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.