Qirg‘iziston Respublikasi vazirlar mahkamasining rahbari: Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘l qurilishi avgustda boshlanadi
Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi rahbari Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi avgust oyida boshlanishini ma’lum qildi. Bu haqda Aqilbek Japarov 13 iyun kuni parlament yig‘ilishida ma’lum qildi. Unga ko‘ra, avgust oyida uch davlat rahbarlari ishtirokida temir yo‘l qurilishini rasman boshlash marosimi bo‘lib o‘tadi.
Uning eslatishicha, avvalroq Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Xitoy Transport vazirligi rahbarlari uch mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy tamoyillari va mexanizmlarini, jumladan, moliyalashtirishni belgilovchi bitimni imzolagan.
“Nihoyat, mamlakatimizni eng yirik savdo-ishlab chiqarish markaziga aylantiradigan loyiha amalga oshirila boshlandi”, — deydi Japarov.
Shu bilan birga, O‘zbekiston transport vaziri loyihaning birinchi toshini qo‘yish 2024 yil oktyabr oyiga mo‘ljallanganligini ma’lum qilgandi.
Xitoydan Qirg‘iziston orqali O‘zbekiston, Eron va Turkiyaga temir yo‘l qurish bo‘yicha muzokaralar qariyb 20 yildan beri davom etmoqda. Bu yo‘l Qirg‘izistonga Xitoy qirg‘og‘idan tortib, to Fors ko‘rfazigacha bo‘lgan deyarli butun Osiyoni bog‘laydigan kontinental ko‘prikning bir qismiga aylanish imkonini beradi.
Sharhlar