Qirg‘izistonda sel oqibatida 10 yoshli bola halok bo‘ldi

Qirg‘izistonning Jalolobod viloyati qishloqlarida suv toshqini tufayli 300 ta uy aholisi evakuatsiya qilindi, deb xabar bermoqda Kazinform.

Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, bir kun avval soat 17:30 larda kuchli yomg‘irdan keyin Nooken tumanining Eski-Qo‘chqor-Ota va Bo‘ston qishloqlarida sel sodir bo‘lgan.

Qutqaruvchilar, politsiyachilar, favqulodda vaziyatlar guruhlari, fuqaro muhofazasi xodimlari uning oqibatlarini bartaraf etish ustida ishlamoqda.

Tabiiy ofatda 10 yoshli bola halok bo‘ldi.

Mahalliy aholi uning jasadini kecha soat 19:10 da topishgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.