AQSH qirg‘izistonliklar uchun vizalar muddatini uzaytirdi
AQSH hukumati Qirg‘iziston fuqarolariga Amerikaga ketish uchun beriladigan yangi sayyohlik va ishchi vizalarining amal qilish muddatini 5 yildan 10 yilgacha uzaytirdi.
Bundan tashqari, Qirg‘iziston pasporti egalari uchun B1, B2 va B1/B2 vizalarini olishga ariza berganlik uchun undiriladigan 20 dollarlik to‘lov ham bekor qilindi.
“Ushbu o‘zgarishlar qirg‘iz xalqi uchun xizmatlarni yaxshilash, mamlakatlarimiz o‘rtasida safarlarni soddalashtirish va aloqalarimizni yaxshilashga qaratilgan”, — dedi AQSHning Qirg‘izistondagi elchisi Lesli Vigeri.
Yangi 10 yillik muddat 2024-yil 4-martdan boshlab berilgan B1, B2 va B1/B2 vizalariga nisbatan amal qiladi. Ta’kidlanishicha, yozda konsullik xizmatlari yanada rivojlantirilishi kutilmoqda.
Sharhlar