Saudiya Arabistoni qiroli pnevmoniya kasalligiga chalindi
Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Al Saud tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun kasalxonaga olib borilgach, unda pnevmoniya kasalligi aniqlandi, deb yozadi “Kommersant” qirollik saroyi matbuot xizmatiga tayanib. Avvalroq 88 yoshli qirolning tana harorati ko‘tarilgani va bo‘g‘imlarida og‘riq boshlangani xabar berilgandi.
“Bu o‘pka infeksiyasi ekani aniqlandi va tibbiy brigada uni infeksiya o‘tib ketmaguniga qadar antibiotiklardan iborat davolash dasturidan o‘tishi kerak, degan qarorga keldi”, — deyiladi xabarda.
Salmon bin Abdul Aziz Al Saud — qirol Abdul-Aziz Al Saudning 25-o‘g‘li hisoblanadi. 2011-yil noyabrida u Saudiya Arabistoni mudofaa vaziri etib tayinlangan edi. Qirollik taxtiga esa u 2015-yil yanvarida o‘tirdi. Buyuk Britaniyaning 96 yoshli qirolichasi Yelizaveta II 2022-yil sentabrida vafot etgach, Salmon bin Abdul Aziz Al Saud dunyodagi eng keksa monarxga aylandi.
Sharhlar