Italiya Boltiq osmonidagi noma’lum samolyotlar tufayli, o‘z qiruvchilarini havoga ko‘tardi

Foto: Getty Images

Italiya Boltiq havo hududidan uchib o‘tgan noma’lum samolyotlarni to‘xtatib qolish uchun Eurofighter Typhoons qiruvchilarini havoga ko‘tardi. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi xabar bermoqda.

Muassasa aynan qanday samolyotlar aniqlangani haqida hech qanday tafsilotlarni ma’lum qilmadi.

Italiya qiruvchilari Germaniyadagi NATO kuzatuv markazidan buyruq kelib tushgach, Litva shimolidagi Shyaulyay bazasidan uchib chiqqan.

Avgust boshida Italiya Shimoliy Atlantika alyansining Boltiq mamlakatlari (Litva, Latviya, Estoniya)dagi missiyasi qo‘mondonligini qabul qilib olgan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.