Polsha Rossiya uzoq aviatsiyasi faollashgani tufayli, o‘z qiruvchilarini havoga ko‘tardi
Polsha bugun, 2-sentabr kuni erta tongda qiruvchi samolyotlarni havoga ko‘tardi. Bu haqda mamlakat qurolli kuchlari tezkor qo‘mondonligi xabar bermoqda. Bunga Rossiya uzoq aviatsiyasi faolligi sabab qilib keltirildi.
“Polsha havo makoni xavfsizligini ta’minlash uchun barcha zarur chora-tadbirlar qabul qilindi, Polsha QK tezkor qo‘mondonligi vaziyatni nazorat qilmoqda”, — deyiladi idoraning bayonotida.
26 va 27-avgust kunlari ham Polsha xuddi shu sabab bilan qiruvchilarni havoga ko‘targan edi. 2-sentabrga o‘tar kechasi butun Ukraina bo‘ylab havo trevogasi e’lon qilindi. Kiyevdagi korxonada yong‘in yuz berdi.
Ulashish:
Sharhlar