Qodirov dronlar hujumiga qarshi javob berilishini bildirdi
Qodirov Chechenistondagi Rossiya maxsus kuchlari universitetiga qilingan dron hujumiga qarshi javob choralari bo‘lishini bildirdi. Bu haqda TASS xabar beradi.
“Ular bizni “chaqib olishdi”, biz ularni yo‘q qilamiz. Yaqin kelajakda ularning tushiga ham kirmagan qasosni olamiz. Biz bilan hazillashishlariga yo‘l qo‘ymaymiz”, — dedi respublika rahbari.
Gudermes shahrida (Rossiya Federatsiyasining Checheniston Respublikasidagi shahar) dronlar hujumi natijasida Rossiya maxsus kuchlari universiteti hududida bo‘sh turgan binoning tomi yonib ketgan. Bu haqda 29-oktyabr, seshanba kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ma’lum qilgan.
Ulashish:
Sharhlar