Ramzan Qodirovning jiyani Checheniston transport vaziri etib tayinlandi

Фото: топор

Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning jiyani Adam Chergixov respublika transport, aloqa va raqamli rivojlanish vaziri etib tayinlandi, deb yozadi “Kommersant”.

2007-yildan buyon ushbu lavozimni uning otasi Ramzan Chergixov egallab kelayotgan edi. Adam Chergixovning o‘zi esa shu paytgacha Checheniston hukumatining maktabgacha ta’lim qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan.

Checheniston rahbari qayd etishicha, “yosh bo‘lishiga qaramay”, Adam Chergixov rahbar lavozimlarda ishlab katta tajriba orttirgan hamda vazirlik oldida turgan vazifalarni sifatli va samarali bajarish uchun zarur professional malakalarga ega.

Adam Chergixov — Ramzan Qodirovning opasi Zargan Qodirova va Ramzan Chergixovning o‘g‘li.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzan Qodirov 18 yoshli o‘g‘li Ahmad Qodirovni Checheniston sport vaziri etib tayinlagan edi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.