Pentagon Ukrainaga qo‘shimcha yordam ajratdi
AQSH Mudofaa vazirligi xavfsizlikni ta’minlash uchun Ukrainaga qo‘shimcha yordam taqdim etilishi haqida e’lon qildi, deb yozadi DW.
125 million dollarga baholanayotgan paket o‘z ichiga havo hujumiga qarshi mudofaa vositalari, dushman artilleriyasini aniqlash va unga qarshi turish uchun ko‘p nishonli radarlarni oladi.
Yetkazib beriladigan uskunalar orasida Stinger raketalari, HIMARS tizimlari uchun o‘q-dorilar, 155 va 105 millimetrli artilleriya o‘q-dorilari, TOW tankka qarshi raketa majmuasi, Javelin va AT-4 tankka qarshi tizimlari va boshqalar bor.
Ulashish:
Sharhlar