Qo’shma Shtatlar Gruziya bilan strategik hamkorlikni to’xtatganini e’lon qildi
Qo’shma Shtatlar Gruziya bilan strategik hamkorlikni to’xtatganini e’lon qildi. Bu qaror hukmron “Gruziya orzusi” partiyasining Yevroittifoqqa a’zo bo‘lish bo‘yicha muzokaralarni 2028-yilgacha kechiktirish qarori, shuningdek, namoyishchilarga qarshi kuch ishlatish bilan bog‘liq, dedi Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller.
Millerning ta’kidlashicha, Qo’shma Shtatlar Yevropa Ittifoqi bilan birgalikda Tbilisining bu qaroridan afsusda va namoyishchilarga nisbatan haddan tashqari kuch ishlatganini qoralaydi. Bir necha kundan beri Tbilisida ommaviy norozilik namoyishlari bo’lib o’tmoqda, uning ishtirokchilari Gruziyaning Yevropa kelajagini himoya qilmoqda.
Namoyishchilar Gruziya parlamenti binosi oldiga yig‘ilib, Yevropa integratsiyasini davom ettirishni talab qilmoqda. Namoyishlar natijasida 100 dan ortiq odam hibsga olingan, 10 nafar politsiyachi yaralangan.
Sharhlar