Afg‘onistondagi Qo‘shtepa kanali 5 yildan keyin qurib bitkaziladi
Afg‘onistonning Qo‘shtepa kanali qurilishi bo‘yicha loyihaning ikkinchi qismi 58 foizga yakunlandi. Bu haqda Qo‘shtepa kanalini rivojlantirish milliy kompaniyasi vakili Said Zabihulla Miriy ma’lum qildi.
Hozirda qurilishga 3,5 ming kishi va 3 ming texnika jalb etilgan. Qo‘shtepa kanali 5 yildan keyin o‘z faoliyatini boshlaydi, deya qo‘shimcha qildi Said Zabihulloh Miriy.
“Tolibon” rejasiga ko‘ra, kanal Balx, Juzjon va Faryob viloyatlaridagi 500 ming gektarga yaqin yerni suv bilan ta’minlashi kerak. Qo‘shtepa kanalining ishga tushirilishi Afg‘onistonga yillik o‘rtacha 500 million dollar daromad keltiradi, degan edi afg‘on suv resurslarini boshqarish bo‘yicha ekspert Najibulla Sadid.
Mutaxassislarga ko‘ra, Afg‘onistonda qurilayotgan Qo‘shtepa kanali umumiy drenajdan yiliga 10 kub kilometr suv oladi, xususan, bu Amudaryoga ham tegishli.
Sharhlar