Qozog‘iston hukumati Xitoy, О‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaradagi o‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilmoqchi

Фото: kz.kursiv.media

Qozog‘iston hukumati mamlakatning tranzit salohiyatini rivojlantirish va qo‘shni davlatlar bilan tovar ayirboshlash hajmini oshirish maqsadida Xitoy, О‘zbekiston va Turkmaniston bilan chegaradagi o‘tkazish punktlarini to‘liq miqyosda modernizatsiya qilish tashabbusi bilan chiqdi.

Modernizatsiya to‘qqizta avtomobil o‘tish nazorat punktini qamrab oladi:

– Xitoy bilan chegarada beshta (“Alakol”, “Kaljat”, “Maykapchagay”, “Baxti”, Dostik-jeleznodorojniy”),

– О‘zbekiston bilan chegarada to‘rtta (“Kaplanbek”, “Qazigurt”, “Atameken”, “Tajen”),

– Turkmaniston bilan chegarada bitta (“Temir baba”).

Shuningdek, Astanada yuklarning barcha o‘tkazish nazorat punktlari ustidan nazoratni birlashtiradigan Bosh dispetcherlik boshqarmasi tashkil etilishi rejalashtirilgan.

О‘tkazish punktlarini modernizatsiya qilish zamonaviy talablarga javob bermaydigan eskirgan infratuzilmani almashtirgan holda deyarli to‘liq rekonstruksiya qilishni o‘z ichiga oladi.

Modernizatsiyadan tashqari, bojxona nazoratini raqamlashtirish va markazlashtirish ham rejalashtirilgan. Astana shahridagi bosh dispetcherlik idorasi yagona boshqaruv markaziga aylanadi, unda tegishli nazorat xizmatlari, jumladan, chegara nazorati ham joylashadi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.