Qozog‘iston prezidenti: “Rossiya harbiy jihatdan yengilmas”

токаев
Фото: тенгри

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokaуev Rossiya harbiy jihatdan yengilmas ekanligini bildirdi.

“[Germaniya] Kansler Shols bilan muzokaralar chog‘ida aytganimdek, Rossiya harbiy jihatdan yengilmas. Bu Rossiyaning harbiy salohiyati, ushbu mamlakat aholisining prezident Putin siyosatini qo‘llab-quvvatlashi va tarixning o‘zi tomonidan tasdiqlangan haqiqatdir. Shuning uchun biz tinch yo‘l bilan hal etish variantlarini izlash va barcha davlatlarning, jumladan, Xitoy va Braziliyaning real rejalarini qo‘llab-quvvatlashni zarur deb hisoblaymiz. Boshqa yo‘l yo‘q”, — dedi u Astana Think Tank Forum yalpi majlisida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, muqobil faqat “o‘zaro qirg‘inli urush”.

“Ehtimol ba’zi dunyo kuchlari bundan manfaatdordir, ammo bu tubsizlikka olib boradigan yo‘l. Konstruktiv muzokaralar orqali tinchlikka intilish zaiflik belgisi emas, balki strategik ehtiyotkorlik namoyishidir”, — deydi Tokaуev.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.