Qozog‘iston tarixini o’rganish uchun yangi manba topildi
Qozog‘iston qo‘lyozmalari va nodir kitoblar Milliy markazi “Arxiv-2025” dasturi doirasida Rossiyada topilgan tarixiy hujjat nusxasini nashr etdi, deb xabar bermoqda QR Madaniyat vazirligi matbuot xizmati.
Milliy markaz mutaxassislari 2022-yilda Moskvaga bo‘lgan tadqiqot safari chog‘ida Qozog‘iston tarixiga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan XVII asrga oid “Tarix” forscha qo‘lyozmasini o‘rganishdi.
Kitob Muhammad Haydar Dulatning “Tarix-i Rashidiy” kitobining davomi sifatida taqdim etilgan bo‘lib, Qozoq xonligi tarixini o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Kitobda Qozoq xonligi, qozoqlarning Sharqiy Turkistondagi mo‘g‘ul hukmdorlari bilan munosabatlari haqida qiziqarli ma’lumotlar keltirilgan.
Kitob birinchi marta 1913-yilda Toshkentda Boqi-Janboyning shaxsiy qo‘lyozma fondidan topilgan.
Sharhlar