Qozog‘istonda avtomobilning old oynasini qoraytirishga ruxsat berilishi mumkin
Qozog’iston Ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Qojayev avtomobilning old oynasini qoraytirishga ruxsat berilishi yuzasidan fikr bildirdi.
“Senatning yalpi majlisida OAV vakillari Marat Qojayevga shunday savol bilan murojaat qildilar: “Xitoyda ishlab chiqarilgan ko‘plab avtomobillarning old oynasi qoraygan. Qozog‘istonda bunday qoraytirishga ruxsat berish mumkinmi?”, – deb so‘raldi.
Vazirning birinchi o‘rinbosari bu masalani faqat bugun ko‘tarmaganini ta’kidladi.
“Hozirgi vaqtda Ichki ishlar vazirligi old oynani qoraytirishni taqiqlash tarixini o‘rganmoqda. Bu masalani Parlament deputatlari ham ko‘tarmoqda. Bojxona ittifoqining reglamenti mavjud. Old oynaning qanchalik darajada qorong‘i bo‘lishi kerakligini aytadi. Bunga yo‘l harakati qoidalarini buzish paytida haydovchi va yo‘lovchining shaxsini aniqlashning qiyinligi sabab bo‘lmoqda. Endilikda huquqbuzarlikni qayd etishning yangi texnik vositalari paydo bo‘lmoqda. Shuning uchun biz bu (old oynani qoraytirishga ruxsat berish) mumkinmi yoki yo‘l harakati va jamoat tartibi xavfsizligiga zarar yetkazadimi yoki yo‘qligini o‘rganmoqdamiz. Masala o‘rganilmoqda, tez orada ekspert xulosamizni sizlarga yuboramiz”, — dedi Marat Qojayev.
Sharhlar