Qozog‘istonda internet firibgarlari yetkazgan zarar 7 milliard tengega yetdi
Qozog‘istonda Internet firibgarligidan yetkazilgan moddiy zarar 7 milliard tengegacha oshdi. Bu haqida O’zbekiston Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.
“Qozog‘istonda Internet firibgarligi firibgarlikning asosiy turlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Respublikada joriy yilning yetti oyida qo‘zg‘atilgan 26,9 mingta jinoyatning 44,4 foizi yoki qariyb 12 mingtasi bevosita Internet tarmog‘i orqali sodir etilgan”, – deyiladi xabarda.
Qozog‘iston Respublikasi Bosh prokuraturasining Huquqiy statistika va maxsus qaydlar qo‘mitasi (KPSiSU GP) hisobotlariga ko‘ra, so‘nggi 6 yil ichida Internetdagi firibgarlik bilan bog‘liq ro‘yxatga olingan jinoyatlarning soni 40 baravardan oshgan. Agar, 2018-yilda 500 dan sal ko‘proq bunday jinoyatlar qayd etilgan bo‘lsa, 2023-yil oxiriga kelib ularning soni 21,8 mingtaga yetgan. Shunga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari Internet jinoyatchilariga qarshi kurashishga yangi kuchlarni jalb etmoqda. Jumladan, joriy yil yozida Respublika Milliy banki bilan hamkorlikda shubhali to‘lov operatsiyalarini blokirovka qilish uchun mo‘ljallangan “Firibgarlikka qarshi kurashish markazi” faoliyatini ishga tushirdi.
Sharhlar