Qozog‘istonda oxirgi uch kun ichida derazadan beshta bola qulab tushgan
Qozog‘istonda so‘nggi uch kun ichida besh nafar bola ko‘p qavatli uylar derazasidan qulab tushdi, deya xabar beradi Nova24 nashri Tengrinews nashriga tayanib.
4-avgust kuni Almataning Almali tumanida olti yoshli qiz ikkinchi qavat derazasidan qulab tushgan. Voqea natijasida shifokorlar qizchani turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizishgan.
Bundan tashqari, 4-avgust kuni ham Ulitau oblastining Satpaev tumanida olti yoshli bola turar-joy binosining 4-qavatidan tushib ketgan. Hozirda shifokorlar bolaning hayoti uchun kurashmoqda.
3-avgust kuni Astana shahrining Sariarqa rayonida bir yoshli bola beshinchi qavatdagi xonadon derazasidan qulab tushgan. Shifokorlar uni turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib ketishgan.
2-avgust kuni Almata shahrining Alatau rayonida uch yoshli qizaloq o‘n besh qavatli turar-joy derazasidan qulab tushib, vafot etdi. Hozirda huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan bu borada surishtiruv ishlari olib borilmoqda, shuningdek, fojia holatlari aniqlanmoqda. Sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
3-avgust kuni Temirtau shahrida olti yoshli bola uch qavatli turar-joy derazasidan qulab tushgan. Keyinroq shifokorlar uni turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga olib ketigan.
Shu munosabat bilan Qozog‘iston Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolarga quyidagilarni eslatadi:
- kichik bolalarni qarovsiz qoldirmang;
- bolalarning kattalarsiz balkonga chiqishiga ruxsat bermang;
- chivinli to‘rlar bolalarni qulab tushishdan himoya qilmaydi.
Sharhlar