Qozogʻistondagi eng uzun koʻprik sinovdan o’tkazildi
Sharqiy Qozog‘iston viloyatidagi Buqtirma suv omboridan o‘tuvchi uzunligi 1316 metr bo‘lgan ikki qatorli ko‘prik maxsus sinovdan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda turkystan.kz.
Transport vazirligi maʼlumotlariga koʻra, bu Qozogʻistondagi eng uzun koʻprikdir.
“Ko‘prik qurilishini tekshirish uchun umumiy yuki 450 tonna bo‘lgan 15 ta yuk mashinasi ko’prikdan o’tkazilgan. Maxsus qurilmalar ko’prikda deformatsiya, tebranish (vibratsiya) va yuk taqsimoti ko’rsatkichlarini qayd etgan.
Sinov natijalari Buktarma suv ombori ustidagi yangi ko‘prik barcha normativ xavfsizlik talablariga javob berishini va katta yuklarga bardosh berishini tasdiqladi.
Ikki qatorli ko‘prik Sharqiy Qozog‘iston viloyatining Jarma, Katonqorag‘ay, Kurchim, Ko‘kpekti, Zaysan va Oltoy tumanlari o‘rtasida yil davomida uzluksiz harakatlanish uchun zarur.
Sharhlar