Qozog‘istonlik qo‘shiqchi Qayrat Nurtas samolyotda qo‘pollik qilgani uchun 15 sutkaga qamaldi
5-iyun kuni Ostona sudi qozog‘istonlik qo‘shiqchi Qayrat Nurtasga nisbatan ma’muriy ishni ko‘rib chiqdi. U mayda bezorilikda ayblangan.
Ish materiallarida aytilishicha, xonanda Olmaotadan Ostonaga uchayotgan samolyotda janjal qilgan.
“Olmaota va Ostona reysi bortida mayda bezorilik va qasddan badanga yengil shikast yetkazish boʻyicha maʼmuriy ish qoʻzgʻatildi”, — deya izoh berdi qoʻshiqchi qoʻlga olinganidan keyin politsiya.
Qayrat Nurtas samolyot salonida jabrlanuvchi Asilbek Bekkairov bilan janjallashib, uning yuziga urib, sog‘lig‘iga engil shikast yetkazgan.
Qayrat Nurtas aybini tan olmadi va jabrlanuvchi birinchi bo‘lib unga qo‘l ko‘targanini aytdi.
Ayblov tomoni sudlanuvchini 15 sutkaga hibsga olishni so’ragan, u o’z navbatida jarima so’ragan.
Sharhlar