Qozog‘iston bosh vaziri O‘zbekistonga tashrif buyuradi
Qozog‘iston Vazirlar mahkamasi rahbari Oljas Bektenov mart oyida Moskva va Toshkentga ishchi tashriflar uyushtirib, ikki mamlakat bosh vazirlari bilan uchrashadi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.
Rossiyalik hamkasbi bilan u savdo-iqtisodiy va gumanitar hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, Qozog‘iston va Rossiya prezidentlari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qiladi.
O‘zbekiston bosh vaziri bilan esa savdo-investitsiyaviy hamkorlik, sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi va transport-logistika sohalaridagi sheriklikni rivojlantirishni muhokama qilish rejalashtirilmoqda.
“Bu Bektenovning chet elga Qozog‘iston bosh vaziri sifatidagi ilk ishchi tashriflari bo‘ladi”, — deyiladi xabarda.
Sharhlar