Qozog‘istonda AES qurish bo‘yicha referendum 6-oktabr kuni o‘tkaziladi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Tokayev 6-oktyabr kuni mamlakatda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum o‘tkazilishini ma’lum qildi. Bu haqda u respublika xalqiga yillik murojaati chog‘ida ma’lum qildi.
Tokayev Qozog‘istonning uzoq muddatli milliy manfaatlari va xususiyatlarini hisobga olgan holda oqilona qaror qabul qilish muhimligini ta’kidladi.
Prezident boʻlajak referendum “tinglovchi davlat” konsepsiyasini hayotga tatbiq etishning namunasi va milliy muloqotning namoyon boʻlishini taʼkidladi.
Eslatib o‘tamiz, 2019-yil iyun oyida Tokayev atom elektr stansiyasi qurilishi bo‘yicha umumxalq ovoz berishini o‘tkazishga va’da bergan edi. O‘tgan yili Qozog‘iston Energetika vazirligi Balxash ko‘li qirg‘og‘idagi Olmaota viloyati Ulken qishlog‘ida atom elektr stansiyasini qurish rejasini e’lon qilgan edi.
Biroq, bu loyiha referendum o’tkazish yoki qurilishga moratoriy qo’yish talabi bilan jamoatchilikning noroziligiga sabab bo’ldi.
Qozog‘istonning qator shaharlarida AES qurilishi bo‘yicha jamoatchilik eshituvlari o‘tkazildi, ba’zan politsiya faollarni hibsga oldi.
Ayrim ekspertlarning fikricha, referendum qurilishning mumkin bo‘lgan salbiy oqibatlari uchun mas’uliyatni aholi zimmasiga yuklash yo‘li bo‘lishi mumkin.
Sharhlar