Qozog‘istonda halok bo‘lgan fransuz Boyqo‘ng‘ir kosmodromiga kirishga urinmagan
Qozog‘istonda halok bo‘lgan fransuz Boyqo‘ng‘ir kosmodromiga kirishga urinmagan, deya xabar beradi TASS.
Bu haqda agentlik huquq-tartibot idoralaridagi manbaga tayanib yozadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, fransiyalik marhum sayyoh va uning hamrohi shunchaki “dashtdagi binolarni suratga olishgan”.
“Ulardan biri o‘zini yomon his qilgan, ikkinchi sayyoh esa nazorat-o‘tkazish punktiga yordam so‘rash uchun borgan, ammo ular yordam berishga ulgurishmagan”, – deydi agentlik suhbatdoshi.
Avvalroq RIA Novosti manbasi fransiyalik sayyoh suvsizlanishdan vafot etganini ma’lum qilgandi.
“112” Telegram-kanalida u hamrohi bilan jazirama issiqda dasht bo‘ylab piyoda yurgani haqida yozgandi.
Ulashish:
Sharhlar