Nigeriyada maktab binosi qulab tushishi oqibatida 22 o‘quvchi halok bo‘ldi
12-iyul kuni Nigeriyaning shimoli-markaziy qismidagi ikki qavatli maktabda ertalabki darslar chog‘ida qulab tushdi, oqibatda 22 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Associated Press.
Plato shtatining Busa Buji qishlog‘ida joylashgan Saints Academy kolleji ko‘pchiligi 15 yosh va undan kichik bo‘lgan o‘quvchilar darsga kelganidan keyin ko‘p o‘tmay qulab tushdi.
Dastlab 154 o‘quvchi vayronalar ostida qolgan, ammo Plato politsiyasi vakili keyinroq ma’lum qilishicha, ularning 132 nafari qutqarib olingan va ayni paytda kasalxonalarda davolanmoqda. 22 nafar o‘quvchi esa halok bo‘lgan.
Shtat ma’muriyati fojia sababini “maktab konstruksiyasining zaifligi va daryo qirg‘og‘i yaqinida joylashgani” bilan bog‘ladi. U bunday muammolarga ega maktablarni yopishga chaqirdi.
Sharhlar