Turkiyada Qurbon hayiti kuni qurbonlik keltirish chog‘ida 16 ming kishi jabrlandi
Qurbon hayiti kuni Turkiya tibbiyot muassasalariga qariyb 16 ming kishi murojaat qilgan, ularning barchasi qurbonlik keltirish maqsadida hayvonlarni so‘yish chog‘ida jabrlangan. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Koja ma’lum qildi, deb yozadi “Kommersant”.
“Hayvonlarni professional bo‘lmagan shaxslar so‘yganida shunaqa hodisalar sodir bo‘ladi”, — deb yozdi Koja X ijtimoiy tarmog‘ida. Uning so‘zlariga ko‘ra, eng ko‘p shikastlanganlar Anqarada — 1,3 ming kishi. Istanbulda 840 kishi, Izmirda 416 kishi jabrlangan.
Turkiyada hayvonlar buning uchun maxsus ajratilgan joylarda so‘yilishi kerak. Ammo mahalliy aholi bu talabni tez-tez buzadi, oqibatda esa minglab odamlar Qurbon hayiti kuni jabrlanadi.
Sharhlar