Belarus Ozarbayjonga qurol yetkazib bergan — Politico
2018-yildan 2022-yilgacha bo‘lgan davrda Belarus Ozarbayjonga qurol yetkazib bergan, deb xabar bermoqda Politico hujjatlarga tayanib.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Belarus tomonining xatti-harakatlari “Armaniston tomonidan o‘taketgan sotqinlik deb baholangan”. Ikkala mamlakat ham Kollektiv xavfsizlik to‘g‘risidagi shartnoma tashkiloti (KXShT) a’zolari bo‘lib, ular hujum bo‘lgan taqdirda bir-birini himoya qilishga majburdir.
Politico internetga sizib chiqqan xatlar va diplomatik notalarga, shuningdek, eksport hujjatlariga tayanmoqda. Ularga ko‘ra, Belarus tomonidan taqdim etilgan xizmatlar eski artilleriya uskunasini modernizatsiya qilib, radioelektron kurash tizimi va o‘zi uchar qurilmalar uchun qo‘llaniladigan yangisini yetkazib berishni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, ikki mamlakat raketaga qarshi “Groza-S” majmualarini sotib olishni kelishib olish haqida yozishmalar olib borgan. Belarus va Ozarbayjon hukumatlari bu ma’lumot yuzasidan izoh bergani yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, 12-iyun kuni Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat KXShTdan chiqishini e’lon qildi. U bu qarorni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning Tog‘li Qorabog‘dagi urush bo‘yicha pozitsiyasi bilan izohladi.
Sharhlar