HAMAS Baydenning asirlarni ozod qilish haqidagi taklifini rad etdi — Reuters
O‘z ismini oshkor qilmagan isroillik mansabdor Reuters nashriga ma’lum qilishicha, Falastinning HAMAS harakati garovdagilarni ozod qilish taklifini rad etgan. Bu taklif AQSH prezidenti Jo Baydenning BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilingan, G‘azo sektorida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha rejasining bir qismi edi.
“Bugun kechqurun Isroil o‘z vositachisi orqali HAMASning javobini oldi. O‘z javobida HAMAS Bayden tomonidan taqdim etilgan, asirlarni ozod qilish taklifini rad etdi. Ular barcha asosiy va eng ahamiyatli parametrlarni o‘zgartirdi”, — dedi manba.
Avvalroq HAMAS bayonot e’lon qilib, BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan qabul qilingan rezolyutsiyani ma’qullagan edi. AQSHning G‘azo sektorida o‘t ochishni bosqichma-bosqich to‘xtatish haqidagi rezolyutsiyasi 10-iyun kuni qabul qilindi. Uni yoqlab 15 mamlakatdan 14 tasi ovoz berdi, Rossiya betaraf qoldi. Rezolyutsiya o‘t ochish to‘xtatilishini, HAMAS tomonidan ushlab turilgan asirlarning ozod etilishini va anklavdan Isroil armiyasining olib ketilishini ko‘zda tutadi.
Sharhlar