Gaaga hukumati Rossiya elchixonasi joylashgan ko‘chaga Navalniy nomini berishdan bosh tortdi
Gaaga shahar kengashi aktivistlarning ko‘chalardan biriga Aleksey Navalniy nomini berish haqida arizasini rad etdi, deb yozadi Meduza. Bu haqda siyosatchining Niderlandiyadagi maslakdoshi Sergey Gorbunov ma’lum qilgan.
Rossiya elchixonasi joylashgan ko‘chani qayta nomlash haqidagi petitsiyani niderlandiyalik faol Lizz Xollman ishga tushirgan. Murojaat 85 mingdan ortiq imzo to‘plagan, biroq Gaaga ma’muriyati rad javobi bergan.
Shahar kengashi murojaatga bergan javobida ko‘cha nomi “o‘ta zarur hollarda” o‘zgartirilishi mumkinligi, qayta nomlash esa qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi, chunki bu ko‘chada faqat Rossiya elchixonasi emas, boshqa muassasalar ham joylashgani aytiladi.
Ko‘cha nomini o‘zgartirish uchun, deyiladi hujjatda, ko‘chaga nomi beriladigan kishining o‘limidan keyin kamida 10 yil o‘tgan bo‘lishi kerak va uning “hayot yo‘li puxtalik bilan o‘rganib chiqilishi kerak”.
Sharhlar