Rada Ukrainada harbiy holat va safarbarlik muddatini uzaytirdi
Oliy Rada prezident Zelenskiyning harbiy holat va umumiy safarbarlikni 90 kunga, 9-noyabrgacha uzaytirish to‘g‘risidagi parlamentga taqdim etgan farmonlarini ma’qulladi.
“Parlament harbiy holatni 90 kunga – 12-avgustdan 9-noyabrgacha – uzaytirishni qo‘llab-quvvatladi”, — deydi deputat Yaroslav Jeleznyak.
Avvalroq OAV Vladimir Zelenskiy Oliy Radaga Ukrainada harbiy holat va safarbarlikni 90 kunga: 2024-yil 12-avgustdan noyabr o‘rtalarigacha uzaytirish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini kiritgani haqida yozgan edi.
Zelenskiyning prezidentlik muddati 2019-yilda inauguratsiya marosimidan roppa-rosa besh yil o‘tgach, 20-may kuni tugadi. Ukrainada harbiy holat 2022-yil fevral oyidan boshlab amal qiladi; u muntazam ravishda 90 kunga uzaytiriladi. Shu asosda Zelenskiy davlat rahbari saylovini bekor qildi va, garchi konstitutsiya nuqtai nazaridan u o‘z vakolatlarini yo‘qotsa ham, amalda hokimiyatda qolishda davom etmoqda,.
Zelenskiyning o‘zi 21-may kuni Reuters agentligiga bergan intervyusida uning vakolat muddati tugaganiga qo‘shilmasligini aytdi. “Mening [prezident sifatidagi] besh yillik faoliyatim hali tugamadi. Harbiy holat tufayli u davom etmoqda”, – dedi u.
Sharhlar