Raisiyning vertolyoti qulashiga ob-havo sharoitlari sabab bo‘lgani aniqlandi
Eron sobiq prezidenti Ibrohim Raisiyning vertolyoti halokatga uchrashiga “bahorgi davrda mintaqadagi murakkab iqlim va atmosfera sharoitlari” hamda “quyuq va yuqoriga ko‘tariluvchi tuman” to‘satdan paydo bo‘lishi sabab bo‘lgan. Avariya sabablarini o‘rganish bo‘yicha komissiya shunday xulosalarga keldi, deb yozadi DW.
Eronning Mehr agentligi xabariga ko‘ra, komissiya halokatga uchragan vertolyotning texnik, muhandislik, elektron va navigatsiya xususiyatlarini puxta o‘rganib chiqib, vertolyot tog‘ga borib urilganini aniqlagan va avariyaning boshqa sabablarini istisno qilgan.
2024-yil mayida Eron prezidenti Ibrohim Raisiy, mamlakat tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullohiyon, Tabriz shahar masjidi imomi Said Muhammad Ali al-Hoshim va Sharqiy Ozarbayjon viloyati gubernatori Malik Rahmatiy Ozarbayjondan qaytishda Eron shimoli-g‘arbida vertolyot qulashi oqibatida halok bo‘lgandi.
Sharhlar