Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya Falastinni mustaqil davlat deb rasman tan oldi
Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya Falastinni mustaqil davlat deb tan oldi. Isroil ushbu mamlakatlardan elchilarini chaqirib olishini e’lon qildi, deb yozadi Meduza.
Falastin davlati tan olinishi haqida Norvegiya bosh vaziri Yonas Gar Stere ma’lum qildi. Qaror 28-may kuni kuchga kiradi. Sterening so‘zlariga ko‘ra, Yevropaning boshqa mamlakatlari ham shunday qaror haqida tez orada e’lon qilishi mumkin. Norvegiya Yevroittifoqning Falastin davlatini tan olgan o‘ninchi mamlakatiga aylandi.
Irlandiya bosh vaziri Saymon Xarris ham Falastin davlati tan olinishini e’lon qildi. Isroil Falastin mustqilligini tan olish rejalari tufayli Norvegiya va Irlandiyadan elchilarini chaqirib olishga qaror qildi.
Ko‘p o‘tmay, Ispaniya ham Falastin davlatini tan olishini e’lon qildi.
Sharhlar