Hindistonda reklama taxtasi qulashi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi (video)

Foto: Reuters

Hindistonning Mumbay shahrida ulkan reklama taxtasi qulab tushishi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘lib, 60 ga yaqin odam jabrlandi, deb xabar bermoqda Asia-Plus.

70 ga 50 metr hajmidagi bilbord 13-may, dushanba kuni Gxatkopare tumanida bir nechta uy hamda yoqilg‘i quyish shoxobchasi ustiga qulagan. Hodisa shaharga yopirilgan kuchli yomg‘ir vac hang bo‘roni fonida yuz bergan.

Kuchli shamol oqibatida daraxtlar ildizi bilan sug‘irilgan, yo‘llarda tartibsizliklar yuzaga kelgan va elektr ta’minotida uzilishlar bo‘lgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.