Rossiyada poyezd relsdan chiqib ketdi, 40 kishi jabrlandi (video)
Rossiya tarkibidagi Komi Respublikasida Vorkutidan Novorossiyskka qarab ketayotgan yo‘lovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi, deb yozadi Meduza.
14 ta vagondan to‘qqiztasi reldan chiqqan bo‘lib, bu shoshilinch tormoz berish fonida yuz bergan.
Avariyadan keyin 46 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qilgan. Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 40 nafargacha odam jabrlangan, ulardan yetti kishi, shu jumladan, bir nafar yosh bola og‘ir ahvolda. OAV va Telegram-kanallar 70 nafar jabrlanuvchi haqida ma’lum qilgan.
Poyezdda jami 232 yo‘lovchi bo‘lgan. Avariyaning dastlabki sababi sifatida Rossiya temir yo‘llari kompaniyasi kuchli yomg‘ir va toshqin oqibatida temir yo‘l polotnosining yuvib ketilganini keltirmoqda.
Sharhlar