Reuters: Fransiya, Germaniya, Italiya va Polsha uzoq masofaga uchadigan qanotli raketalarni birgalikda ishlab chiqish haqidagi kelishuvni imzoladi

Reuters: Франция, Германия, Италия и Польша подписали соглашение о совместной разработке крылатых ракет большой дальности

Vashingtondagi NATO sammiti doirasida Fransiya, Germaniya, Italiya va Polsha uzoq masofaga uchadigan qanotli raketalarni birgalikda ishlab chiqishga kelishib oldi.

Bu haqda Reuters agentligi xabar beradi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, davlatlar niyatlar to‘g‘risidagi kelishuvni imzolagan, raketalar 500 km dan ortiq masofaga ucha oladigan bo‘ladi.

Shu bilan birga, Germaniyaning Frankfurter Allgemeine Zeitung gazetasi so‘z 1000 km dan ortiq masofaga uchadigan raketalar haqida ketayotganini va ular “Germaniya hududidan Rossiya nishonlariga yetib borishi” mumkinligini yozadi. Italiya ommaviy axborot vositalarining aniqlik kiritishicha, hujjat “quruqlik mudofaasini kuchaytirish” maqsadida imzolangan.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.