Reuters: Malida islomiylar hujumi natijasida rossiyalik yollanma askarlar halok bo‘ldi
Rossiyaning “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasining kamida yetti nafar yollanma askari Malining markazida “Al-Qoida”ning Shimoliy Afrikadagi filiali tomonidan uyushtirilgan hujumda halok bo‘ldi, deya xabar beradi Reuters agentligi Site Intelligence group guruhiga tayanib.
Bu ma’lumotlarga ko‘ra, JNIM jangarilari yetti nafar rossiyalik yollanma askarni o‘ldirgan va qurollarning bir qismini qo‘lga olgan. Bundan tashqari, ba’zi manbalar qurol va o‘q-dorilarning fotosuratlarini nashr etadi, shlemlarning birida hozir faoliyat ko‘rsatmayotgan “Vagner” XHKning ramzlarini farqlash mumkin.
Mali armiyasidagi manba agentlikka yetti kishi, jumladan rossiyaliklar halok bo‘lganini tasdiqladi. Ikki mahalliy amaldor ham hujumni tasdiqladi, ulardan biri besh “vagnerchi” halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Sharhlar