Reuters: Suriya hukumati Aleppo aeroportini yopdi

фото: aerotime.aero

Suriya hukumati shanba kuni Aleppo aeroportini, shuningdek, shaharga olib boruvchi barcha yo‘llarni yopib qo‘ydi, deb xabar bermoqda Reuters uchta harbiy manbaga tayanib.

Asadning asosiy ittifoqchilaridan biri Rossiya Damashqqa islomchilarning oldini olish uchun ko’proq harbiy yordam berishga va’da berdi, ikki harbiy manba yangi jihozlar kelasi 72 soat ichida yetib kela boshlashini aytdi.

Suriya armiyasiga shaharning islomchilar bostirib kirgan asosiy hududlaridan “xavfsiz chekinish” haqidagi buyruqni bajarish buyurilgan.
Avvalroq Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismida jangari guruhlar, jumladan, turkiyaparast “Hayat Tahrir ash-Shom” guruhi prezident Bashar al-Assad nazoratidagi Suriya armiyasi va uning pozitsiyalariga qarshi keng ko‘lamli hujum uyushtirgani xabar qilingandi.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.