Reuters: Ukraina Kursk oblastida UQK nazorat qilgan hududning 40% dan ortig‘ini yo‘qotdi
Reuters agentligining xabar berishicha, Ukraina Kursk oblastida Ukraina qurolli kuchlari nazoratida bo‘lgan hududning 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotgan. Bu haqda agentlik Ukraina Bosh shtabidagi yuqori martabali manbaga tayanib yozadi.
“Biz hozir taxminan 800 kvadrat kilometrni nazorat qilyapmiz. Biz bu hududni harbiy nuqtai nazardan o‘zini oqlagunicha ushlab turamiz”, — deydi manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kursk oblastiga 11 mingga yaqin Shimoliy Koreya harbiylari Rossiya armiyasini qo‘llab-quvvatlash uchun kelgan, biroq ularning asosiy qismi mashg‘ulotlarni yakunlamoqda.
10-noyabr kuni The New York Times gazetasi Rossiya Kursk oblastida 50 ming harbiy xizmatchi, jumladan KXDRdan ham to‘plangani haqida xabar berdi. Nashrning yozishicha, ular yaqin kunlarda hujumga o‘tishni rejalashtirgan.
Sharhlar