Amalga oshirilgan reyddan keyin 60 nafar muhojir Rossiyadan chiqarib yuborildi

фото: m.fishki.net

Moskva viloyatining Odintsovo tumanidagi yotoqxonada o‘tkazilgan reyddan so‘ng 60 nafar muhojir Rossiyadan chiqarib yuboriladi, deb yozadi RBK Moskva viloyati politsiya boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Tatyana Petrovaga tayanib.

“Reyd natijasida 110 nafar aholi – Yaqin Sharq va Osiyo mamlakatlari fuqarolari hisobi maʼlumotlar bazalari orqali tekshirildi”, degan Petrova. Rossiya Federatsiyasida bo’lish rejimini buzish moddasi bo’yicha 60 kishiga protokollar tuzilib, ularga 5 ming rubl miqdorida jarima to’lash talab qilingan va mamlakatni tark etish yuklatilgan.

Ilgari Davlat Dumasi bir guruh shaxslar tomonidan jinoyat sodir etish maqsadida noqonuniy migratsiyani tashkil etishni o‘ta og‘ir jinoyat deb tasniflovchi qonun qabul qilgan edi. Endi bu huquqbuzarlik uchun 8 yildan 15 yilgacha qamoq jazosi, 3 milliondan 5 million rublgacha jarima va mansabdorlik huquqidan mahrum qilish nazarda tutilgan.

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.