RF Chexiya va Germaniyadan to‘rtta NNT ni “nomaqbul” deb tan oldi

Фото: газета.ру

So‘z Chexiya Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan “Za vaši a naši svobodu” va “Kulturus” nodavlat tashkilotlari, shuningdek, Germaniyada tashkil qilingan “Russland hinter Gittern” va “MRR-Fund” haqida bormoqda. Bu haaqdaa Bosh prokuratura qarorida so‘z boradi.

“Nomaqbul” maqomi, boshqa narsalar qatori, tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortishni ham ko‘zda tutadi.

Rossiyalik huquq himoyachisi Olga Romanovaning ta’kidlashicha, barcha to‘rtta tashkilot unga ” bevosita aloqador”.

Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi o‘z veb-saytida tashkilotlar “umumiy rahbarlik ostida ishlaydi” deya ta’kidlagn.

Xususan, “Russland hinter Gittern” – bu “Русь сидящая”ning Germaniyadagi yuridik shaxsi.

 

If you have found a spelling error, please, notify us by selecting that text and pressing Ctrl+Enter.